Поиск по этому блогу

FOREX brokerlar (qisqa ma'lumot)

Teletrade kompaniyalar tarmog'i - Forex bozoridagi ilk kompaniyalardan biri hisoblanadi. 1994 yilda asos solingan bo'lib, halqaro hususiy moliyaviy guruh hisoblanadi. Internet texnologiyalari rivojlanishi tufayli TeleTrade brendiga yig'ilgan kompaniyalar butun dunya bo'yicha mijozlarga turli moliyaviy uskunalar yordamida savdo qilish imkoniyatini yaratib bermoqda. Kompaniyaning rasmiy sayti www.teletrade.ru

Alpari kompaniyasi nafaqat Rossiya, balki butun dunyo bo'yicha yetakchi FOREX dilerlaridan biri hisoblanadi. Kompaniya 1998 yilda asos solinganiga qaramasdan hozirgi kunda FOREX bozorida o'zining salmoqli hissasiga ega. Kompaniya haqida batafsil ma'lumotni kaompaniyaning www.alpari.ru saytidan olishingiz mumkin.

FOREX CLUB - omadli treyderlar va foydali shartnomalar soni bo'yicha eng zo'r halqaro brokerlardan biri hisoblanadi. Forex bozorida kompaniya 1997 yildan boshlab faoliyat olib bormoqda. Dunyo bo'yicha kompaniyaning 100 dan ortiq vakolatxonalari mavjud.

Kompaniya AQSh da 2005 yildan o'z faoliyatini boshlagan bo'lib, bosh idorasi Wall Street 120 da joylashgan. Forex Club AQSh ning Mahsulot Fyucherslari bilan Savdo qilishni Boshqarish Komiisiyasida ro'yhatdan o'tgan bo'lib, Milliy Fyuchers Assotsiatsiyasi a'zosi hisoblanadi. Kompaniyaning internetdagi rasmiy sayti https://www.fxclub.org/

davomi bor...

Комментариев нет:

Отправить комментарий