>Valyuta almashtirish orqali pul ishlash<
AQSH ning moliya bozori hisoblanmish FOREXda ishlash mening fikrimga ko'ra internet orqali pul ishlashning eng keng tarqalgan turlaridan biri. Ammo shuni ham ta'kidlash kerakki FOREX orqali pul ishlashga harakat qiluvchilarning 95% muvaffaqiyatsizlikka uchraydilar. Buning sababi oddiy: Ular yoki ochko'zlik qiladilar, yoki qo'rqadilar yoki bo'lmasa o'z rejalaridan og'ishib ketadilar va noto'g'ri tarafga qarab savdo qilishni boshlaydilar.
Foreks bozorida savdo ikki yo'nalishda bo'ladi biri sotish (SELL) ikkinchisi sotib olish (BUY). Sotuvchi brokerlar ayiqlar deb ataladi. Ular kursni pastga bosib valyuta kursi pasaya boshlaganda sotib yuboradilar va uni yana qayta arzonroq kursda sotib oladilar. Aytaylik sizda 10$ lik tovar bor, bozorda tovaringiz narxi tushishi kutilmoqda, siz tovarni shu 10$ narxda sotasiz, biroz muddat o'tgach tovar narxi 9$ ga tushgach uni yana qaytarib sotib olasiz. Tovar ham sizda va qo'lingizda yana qo'shimcha 1$ bor. Aynan shu ish ayiqning foydasi hisoblanadi. Sotib olish bilan shug'ullanuvchi treyderlar buqalar deb ataladi. Ular valyutani arzonroq narhda sotib olib valyuta kursi ko'tarilishi bilan qimmatroq narhga sotadilar.
FOREX orqali pul ishlash deganda valuyta kursining o'zgarishi hisobiga oradagi farqdan pul ishlash tushuniladi. Masalan siz 1000$ ni 700€ ga sotib olasiz, keyinchalik uni 750€ ga sotasiz. Bu ish bilan shug'ullanuvchi shaxslar TREYDERlar deb ataladi. Bunda shu jihati borki valyuta kursi bunchalik shiddat bilan o'zgarmaydi. O'zgarishlar sezilarsiz bo'lib faqat katta summa bilan ishlangan vaqtlarda sezilishi, ya'ni foyda olib kelishi mumkin. Aytaylik sizda 150 000$ bor va Yevroning (€) dollarga FOREX bozoridagi nisbati 1:1,5000. Bu shuni anglatadiki 1€=1,5$. Yevroning dollarga nisbatan qadri ortishi kutildi va siz 1 LOT yevro harid qildingiz. Valyuta kursi kutilganidek oshdi va kurs 1:1,5030 bo'ldi. Savdoni to'htatsangiz sizning foydangiz bu holatda 30 birlikni tashkil qiladi. Agar standart holatda 1 birlik 10$ deb oladigan bo'lsak bu 300$ deganidir. To'g'ri bu gaplar haqiqatdan yiroqdek tuyuladi va sizda nega bu ish foydali bo'lsa hamma shu ish bilan shug'ullanmaydi? degan savol tug'ilishi mumkin. Gap shundaki, ob-havoni avvaldan bashorat qilib bo'lmaganidek valyuta kursini ham bashorat qilish qiyin. QIYIN lekin ilojsiz emas! Kurs o'zgarishiga AQSHning makroiqtisodiy ko'rsatkichlaridan tortib turli tabiiy ofatlargacha ta'sir etishi mumkin, va bularni e'tiborga olib kurs qaysi tarafga o'zgarishini 70-80% aniqlikda topish mumkin. Undan tashqari hozirda deyarli barcha FOREX dilerlarida o'yin (yolg'ondakam) hisob ochish imkoniyati bor. Siz o'yin hisobi ochganingizda foyda ham zarar ham yolg'ondakam bo'ladi lekin valyuta kursi o'zgarishi rostakamligicha qoladi. Birinchi navbatda men albatta o'yin hisobini (игровой счет) ochib ishlab ko'rishingizni tavsiya qilaman. Bu bilan siz o'zingizning FOREX treyderi sifatidagi mahoratingizni charxlagan bo'lasiz va real pulga savdo qilishni boshlaganda mag'lubiyatga ucharamaysiz. FOREX bozorida ishlovchi ishbilarmon kishilar huddi qimmatli qog'ozlar bozoridagi (yoki istalgan bozordagi) kabi narx-navo o'zgarishidan foyda olishga harakat qiladilar.
Foreks bozori dushanbadan jumagacha ishlaydi, shanba va yakshanba kunlari dam oladi. Siz bu vaqda boshqa ishlar bilan shug'ullanishingiz yoki moliyaviy tahlillar bilan tanishib o'zingiz uchun savdo strategiyasini ishlab chiqishingiz mumkin.