Поиск по этому блогу

Nega aynan internet orqali pul topish

XXI asr axborot texnologiyalari asri, axborot asri kabi so'zlarni ko'p eshitamiz. Aynan shu sababli menda internet orqali pul ishlash g'oyasi tug'ildi. Gap shundaki yurtimizda internet soxasi horijdagi kabi yoki Rossiyadagi kabi rivojlanmagan. To'g'ri internetdan har kuni foydalanamiz u ishimizni osonlashtiradi, kerakli ma'lumotlarni tez topishga yordam beradi. Lekin ayrim ma'lumotlar izlanganida o'zbek tilidagi matnlarning deyarli yo'q bo'lishidan afsuslanmay ilojimiz yo'q. Agar siz rus va o'zbek tilini yaxshi bilsangiz aynan tarjimonlik orqali pul topishingiz mumkin. Tarjimon bo'lib ishga kirib korxona yoki firmada xam ishlashingiz mumkin, lekin o'z uyingizda bemalol xotirjam ishlaganga nima yetsin (bu mening shaxsiy fikrim)

Demak mavzudan chetlashmay nega aynan internet orqali pul topish ma'qul degan savolga javob izlab ko'rsak:


  • Internet global tizim. Siz o'z uyingizda o'tirgan holda dunyoning narigi chekkasidagi inson bilan muloqot qilishingiz, unga xizmatlaringizni taklif qilishingiz mumkin.
  • Vaqt. Agar siz uyingizda internet orqali pul topa boshlasangiz, uydan ishga ishdan uyga bo'lgan vaqtingizni tejaysiz. Men ishxonaga avtobus bilan qatnaganimda shaxar transportida har kuni 2-3 soat yo'qotishim asabimni buzardi.
  • Ish soatlaringizni mustaqil belgilaysiz. Xohlasangiz kuniga 1 soat, xohlasangiz 12 soatlab ishlaysiz, xohlasangiz erta turib erta yotasiz, xohlasangiz peshinda turib yarim kechagacha ishlashingiz mumkin. Lekin bunda shu jixati ham borki siz qancha ko'p vaqtingizni sarflasangiz internet orqali topadigan pulingiz miqdori ham shuncha yuqori bo'ladi
  • Ish xilma-xilligi. Aytaylik siz biror ishxonaga ishga kirsangiz ko'pincha shu ishxona uchungina ishlaysiz, haftasiga 5 kun 9 soatlab ishxonada bo'lishingiz zarur (o'rta xisobda). Internet orqali pul topishda esa siz xoxlagancha servislar bilan ishlab, istasangiz xatto o'z proyektingizni tashkil etishingiz mumkin.
  • Imkoniyatlar beqiyosligi. Avvaliga pul ishlash sekin sekin boshlanib asta-sekin ko'paya boradi. Oddiy korxona ishchisi oyligi yiliga ikki marta 10-15% dan ko'payadigan bo'lsa, sizning daromadingiz har oy 10-12% xatto undan ham ko'proqqa ortishi mumkin.
  • Passiv foyda. Bu egasining deyarli ishtirokisiz foydaning kelishidir. Aytaylik siz uyingizni ijaraga berdingiz. Ijarachi har oy sizga kelishilgan pulni oplib kelib berib turadi (Siz deyarli ishtirok etmaysiz). Internet orqali qilinadigan bizneslarning aksariyati ham huddi shunday. Mashxur Facebook tizimining asoschisi Mark Zuckenberg ni olaylik, U hozirda dunyoda eng yosh milliarderlardan hisoblanadi. Sayt (ya'ni facebook) hozirda uning ishtirokisiz ham ishlashi mumkin, aytaylik u 1 oy yoki yarim yil tatilga ketsa ham unga facebookdan keladigan foyda deyarli o'zgarmaydi. 
Bu maqtovlarim bilan men bo'ldi bugundan boshlab ishingizni tashlang, internetdan pul topishni boshlang demoqchi emasman. Aytganimdek avvaliga internet orqali pul ishlash avvaliga sekin boshlanadi (ammo bu ko'rsatkich ham har xil). Aytaylik bir oy ishlab 2-3 dollar ishlashingiz (agar judayam dangasalik qilsangiz albatta :)), yoki birinchi oydan 100 dollarlab daromad ola boshlashingiz mumkin. Hammasi o'zingizga bog'liq. Sizga tavsiyam: 1-2 oy bo'sh paytingizda kuniga 1-2 soat vaqtingizni internet orqali pul topish masalasiga qarating. Internet orqali oyiga topadigan pulingiz oylik maoshingizdan 2-3 barobar ko'p darajaga ko'tarilsa, ishdan bo'shash haqida qo'rqmay ariza yozishingiz mumkin (albatta ishingiz sizga yoqmasa). Huddi shuningdek internetdan pul ishlashni qo'shimcha daromad manbai sifatida ham ishlatishingiz mumkin o'zingizning oylik maoshingizga qo'shimcha sifatida.

Do'stim gapim yakunida bir narsani hisobga oling: Vaqt hech kimni kutib turmaydi!!! Agar siz boshlamsangiz ishni boshqa birov sizdan avvalroq boshlab sizdan ilgariroq muvaffaqiyatga erishadi. Bugungi ishni ertaga qo'ymang. Omad sizga yor bo'lsin!!! Internet orqali ko'p pul ishlab o'zingizni erkin INSON deb his eting!

PS: O'z vaqtida kamina Helbalife tizimiga a'zo bo'lib ularning maxsulotini tarqatish bo'yicha ishlamoqchi bo'lganman. Treningda qatnashganimda trener shunday gap aytgan: Odam bir o'zi millioner bo'lishi juda qiyin, millioner bo'lish uchun komanda kerak!! Atrofingizga insonlarni to'plang birga ishlang va boyib keting!!!

Комментариев нет:

Отправить комментарий