Поиск по этому блогу

So'z boshi (nimadan boshlash lozim)

Internet orqali pul ishlash niyati ancha avval tug'ilgan bo'lsada, bu boradagi urinishlarimning 99% muvaffaqiyatsizlikka uchragandi. 
1. Eng avvalo ART (Aktiv Reklama Tizimlari) orqali pul ishlashga harakat qilib ko'rdim. 

Misol tariqasida >www.wmmail.ru< saytini ko'rsatishim mumkin. Bu saytga a'zo bo'lganingizdan keyin pul ishlash uchun ma'lum bir saytlarni tomosha qilishingiz lozim. 
Saylar o'rtacha 15-60 sek davomida ko'riladi va sizga hisobingizga pul o'tdi qabilida (деньги зачислены) yozuv chiqadi. Hammasi oson va 1 saytni ko'rganingiz uchun tizim sizga 0.002$ atrofida pul to'laydi. Ya'ni 1 sent ishlash uchun atigi 5 ta sayt ko'rsangiz kifoya qiladi. Bu juda kam lekin internet orqali pul ishlash mumkin emas degan gapdan voz kechishga yordam beradi. Bir necha oy ishlab atigi $1 ishlaganimdan keyin men ham bu usuldan voz kechmoqchi bo'ldim (Ketgan trafik va elektr toki uchun arzimaydi deb o'yladim). Lekin bu usul menga internetda pul aynan qayerda ekanini ko'rishga yordam berdi. 
Referallar. Referallar bu siz orqali sayt haqida habar topib shu asosda saytga a'zo bo'ladigan insonlardir. Agar siz Oriflame, Gerbalayf (Herbalife) kabi kompaniyalar haqida eshitgan bo'lsangiz, bu kompaniyalar hodimlariga nima uchun pul to'lashidan habaringiz bo'lsa kerak. Mazkur kompaniyalarning hodimi bo'lish uchun siz ma'lum badal (qaytarib berilmaydigan pul) to'laysiz va kompaniya mahsulotlarini sotishni boshlaysiz. ART larda esa bunday emas. Siz shunchaki ro'yhatdan o'tasiz (регистрация) va referal to'plashni boshlaysiz.   
2. Forex orqali pul ishlash. 

Aynan Forex uchun men pul sarflab kursda o'qib chiqdim. Forex asoslarini o'rgangan holda foyda olishimga aniq ishongan holda savdolarda qatnashishni boshladim. Demo (o'rganish) hisobida savdo qilganda osondek tuyulgan savdo real savdo boshlanishi bilan chappasiga ketti. Avvalo hisobga qo'yilgan $100 mablag' bir oy davomida $120 ga ko'tarildi. Ammo bozorda noqulay holat (kurs tez o'zgarishi) kuzatilishi bilan Bu summa 1 hafta ichida mutlaqo yo'qolib ketti. Umumiy hisobda Forexda $200 dan ko'proq pul yutqazdim. Gap shundaki, Forex bozorida valyuta kursiga ta'sir etuvchi kuchlarning soni sanog'i yo'q. Mutaxassislar kurs o'ynashi ma'lum qonuniyatlarga bo'ysunadi deyishgani bilan aslida bozordagi holat xaos (betartib) ko'rinishda. Valyuta kursiga davlatlarning makroiqtisodiy ko'rsatkichlaridan tortib AQSHda bo'adigan sunamigacha, DAVOS forumidan tortib ayrim kichik davlatlardagi beqaror vaziyatlargacha qisman bo'lsada ta'sir ko'rsatadi.

3. Freelance. 

Rus tilida erkin yoza olganligim sababli biroz vaqt kopirayting bilan shug'ullandim. Sizlarga ham bu sohada o'zingizni sinab ko'rishni tavsiya qilaman. To'g'ri avvalida biroz qiyinchilik bo'ladi lekin kelajagi bor soha. Yahshi tomoni ish doimo bor va to'lovlar ham ishga yarasha: 1000 belgiga o'rtacha $0.3 dan $1.5 gacha olish mumkin. Tahminan 1 varaq A4 formatidagi matn uchun $ 3-5 to'lansa, menimcha yomon ko'rsatkich emas. Masalaning aks tomoni aynan buyurtmachining xohishiga ko'ra yozish kerakligidir. Buyurtmachilar sizdan matn sotib olayotganda internetda avval hech qaerda uchramagan (уникальный) matn talab qiladilar. Bu narsa esa ayni bir mavzuda o'nlab matn yozganingizdan keyin qiyinchilik tug'dirishni boshlaydi. Yangi, halq tili bilan aytganda tesha tegmagan matnlar tuzish tobora qiyinlashib boradi. 


Hulosa o'rnida deyarli moliyaviy chiqimlarsiz faqatgina internet ishlatgan holda aniq pul ishlash yo'lini aytib o'tmoqchiman. Balki kaminaning oddiy maslahati internet orqali pul ishlash uchun sizga katta yordam berar. Ayni ART orqali pul ishlab yurganimda menda shaxsiy sayt yaratish g'oyasi paydo bo'ldi. Lekin sayt yasash asoslaridan behabarligim sababli tekin blog yaratishga kirishdim.

Блоггер
Google tizimidan ko'p foydalanganim sababli unda blogger orqali blog yasadim. Aynan Googlening Adsense tizimiga ham a'zo bo'ldim. Blogger tekin Adsense esa bloggerda sizning blogingiz ichida turli reklamalar ko'rsatib turadi. Mazkur blogda ham bu reklamalarni kuzatishingiz mumkin. Gap shundaki sizning blogingizga qancha ko'p odam kirsa va shu reklamani ko'rsa yoki shu reklamani bosib reklama ortidagi saytga ulansa buning uchun google tizimi sizga pul to'laydi. Hammadan qizig'i men shunchaki blog yasadim. Bir nechta sahifa kiritib Adsense tizimiga ulandim. Forexdagi muvaffaqiyatsizlik sababli internetda pul ishlash fikridan voz kechdim. Bir yil internetga deyarli kirmadim. 1 yil o'tgach tasodifan googledan Adsense bo'limiga kirib ko'rsam foyda $9.60 ko'rsatib turibdi. Hayratdan yoqa tishladim. Deyarli hech ish qilmasdan blogim o'zi 1 yilda salkam $10 ishlagani menga tinchlik bermay qo'ydi. Hozirda bir nechta blogim bor, har sohadan bir shingil... Hozirda har birini rivojlantirish va foydasini orttirish ustida ishlayapman. Sizlarga ham maslahat avval bepul blogdan ish boshlab keyin pullik blog yarating. Sayt bolsa yana yahshi. Agarda mavzusi to'g'ri tanlansa foyda oqimi juda tez kuzatiladi.  





      

    

Комментариев нет:

Отправить комментарий