Поиск по этому блогу

FOREX atamalari

Huddi qimmatli qog'ozlar bozoridagi kabi FOREX bozorida ham treyderlar (sotuvchilar) toifalarga ajratilinadi

AYIQ.

Ayiqlar valyuta kursi pasayishidan foyda ko'zlaydilar. Ayiq o'ljasini astga bosgani kabi bu treyderlar valyuta kursi pasayishidan manfaat ko'radilar. Ular valyuta kursi pasayishni boshlashi bilan qimmat narhda valyutani sotib yuboradilar va valyuta kursi yetarlicha pasayib bo'ldi deb hisoblagach uni yana qayta sotib oladilar.

Ho'kiz (Buqa)

Ho'kizlar valyuta kursi ortishi hisobiga foyda ko'radilar. Ular valyuta kursi ortishi boshlashi bilan valyutani sotib oladilar va u yetarli darajada ko'tarildi deb hisoblagach uni qayta sotib yuboradilar.

Order- treyder tomonidan valyutani sotib olish yoki sotishga beriladigan buyruq. U 2 turga ajratiladi BUY (sotib olish) va SELL sotish.


BUY Order - treyderning valyutani sotib olishga bergan buyrug'i. Valyuta sotib olingandan keyin order ochiq (open) holatida bo'ladi va to tryder uni yopmagunicha amal qiladi.


SELL Order - treyderning valyutani sotishga bergan buyrug'i. U ham to treyder uni yopmagunicha ochiq holatda bo'ladi


KREDIT YELKASI

Yuqotida aytganimdek, FOREX orqali pul ishlash uchun katta summa talab etiladi. Lekin hozirgi kunda FOREX dilerlari bu ishni osonlashtirishgan. Ular kredit yelkasi deb atalmish hizmatni taklif etishadi. Kredit yelkasi 1:1 nisbatdan tahminan 1:10000 nisbatgacha bo'lishi kuzatiladi. Buning ma'nosi shundan iboratki, siz 100$ hisobga pul qo'ysangiz va diler sizga 1:1000 kredit yelkasi taqdim etsa, diler pulingizni 100 000$ darajasiga ko'tarib beradi.

LOTLAR

FOREXda savdo-sotiq LOTlarda amalga oshiriladi. Standart LOT 100 000$ ga teng. Ammo bu ko'rsatkich ham dilerning o'ziga bog'liq.

YAPON SHAMLARI (DOJI)

FOREXda ishlashga jazm etib valyuta kursi o'zgarishidan pul ishlash niyatida bo'lsangiz valyuta kursi o'zgarishi grafigini o'qishni bilishingiz lozim.

Grafik odatda yapon shamlaridan tashkil topgan bo'lib ma'lum muddat davomida ikki valyuta nisbati o'zgarishini ko'rsatadi. Masalan quyidagi grafikka nazar tashlang:

Davomi bor...

Комментариев нет:

Отправить комментарий