Bugungi kunda internet orqali pul topish juda keng tarqalgan kasblardan biri bo'lib qoldi. Ko'pchilik aynan shu yerda o'z biznesini yaratishga harakat qilmoqda. Internet orqali pul ishlashning qulay tomoni shundaki bu yerda imkoniyatlar chegaralanmagan. Aynan shu imkoniyatlardan biri haqida yozib o'tmoqchiman. Bu hozirgi kunda urf bo'layotgan turli sotsial tarmoqlar vositasida pul ishlash. Bugungi kunda aynan sotsial tarmoqlar yoshlar hayotining ajralmas qismiga aylangan. Masalan, shaxsan o'zim agar facebookka kiradigan bo'lsam bir soat kamida o'tiraman, agar biror do'stim bilan yozishib qolsam bu bir necha soatga cho'ziladi.
Demak chalg'imasdan g'oyaning o'ziga kelsak. Hamma sotsial tarmoqlarda guruxlar (gruppalar) mavjud. Hech e'tibor berganmisiz nega har kuni sizga turli guruxlarga qo'shilishga takliflar keladi deb. Aytaylik, gulchilik, ustalar guruxi, turli latifalar va qiziqarli rasmlar guruxi. Gap shundaki bu guruxlar hammasi ma'lum maqsadni ko'zlagan holatda tuziladi. Asosan reklama maqsadida. Internetda ko'p ishtirokchisi bo'lgan guruxlarda o'z reklamasini bermoqchi bo'lgan kompaniyalar juda ko'p. Lekin gurux shunga yarasha jiddiy va biror maqsad yo'lida tuzilgan bo'lishi kerak. Masalan kulgili rasm va latifalar guruxi jiddiy daromad keltirishi uchun 50 000 - 100 000 atrofida ishtirokchi to'plash kerak. Avtomobillar yoki kompyuter sohasiga oid gurux esa 10 000 kishida ham foyda keltirishni boshlashi mimkin.